inPAY

Ruxsatsiz to'lov haqida ariza

Kartangizdan siz bilmagan holda pul yechilgan bo'lsa — shu formani to'ldiring. Biz to'lovni topamiz, mablag'ni ushlab turamiz va tekshiruv boshlaymiz. Karta raqamingizni to'liq yozmang — faqat oxirgi 4 raqami kerak.

Kartangiz avto to'lovga bog'langanmi? Agar shunchaki bog'lanishni to'xtatmoqchi bo'lsangiz — ariza shart emas, inpay.uz/kartam sahifasidan telefon raqamingiz orqali o'zingiz uzasiz.

Eslatma: inPAY hodimlari hech qachon SMS kodni, karta raqamini yoki parolni so'ramaydi. Kimdir so'rasa — bu firibgar. Kod faqat inpay.uz saytida kiritiladi.